Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Kengaytirilgan yig‘ilish tahliliy va tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devonida tizimda harbiy intizom holati, shaxsiy tarkib o‘rtasida  huquqbuzarliklarni oldini olish hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan video-selektor tarzidagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Qo‘mondon o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov raisligida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi o‘rinbosari A.Jonqobilov, Harbiy prokurorning birinchi o‘rinbosari adliya polkovnigi O.Xolboyev hamda Davlat xavfsizlik xizmati masʼullari, Milliy gvardiya tarkibiy va hududiy bo‘linma mutasaddi rahbarlari hamda soha vakillari shuningdek, viloyatlardagi harbiy prokurorlar ishtirok etishdi.

Dastlab qo‘mondon o‘rinbosarining 2022 yil davomida shaxsiy tarkib o‘rtasidagi harbiy  intizom holati, olib borilgan tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar, yo‘lga qo‘yilgan kamchiliklar  hamda  erishilgan yutuqlar bo‘yicha axboroti tinglandi.

Shu bilan birga, yig‘ilishda so‘zga chiqqan huquqni muhofaza qiluvchi organlar mutasaddilari tomonidan ham shaxsiy tarkib bilan bog‘liq nojo‘ya xatti-harakatlarga to‘xtalib, harbiy xizmatchi va xodimlarni kasb madaniyatiga rioya qilishlari, korrupsiya va taʼmagirlik illatlaridan saqlanishlari, shaxsiy va xizmat avtomabillarini boshqarishda yo‘l harakati qoidalariga qatʼiy rioya etishlari yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Shu qatorda Milliy gvardiyaning qisqa vaqt davomida halqimiz ishonchiga kirib yuklatilgan vazifalarni yuqori darajada bajarib kelayotganliklari ham alohida taʼkidlandi.

Yig‘ilish so‘ngida barcha hududiy boshqarma va muassasalarda harbiy intizom holatlarini chuqur va tanqidiy tahlil qilib, joylarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda hisobot yig‘ilishlarini o‘tkazish, harbiy sudlar bilan sayyor sudlar tashkil etish, huquqbuzarlik va harbiy intizomni buzishga moyilligi bo‘lganlarga intizomiy taʼsir sifatida “Prokuror ogohlantirishi”ni qo‘llash tartibi yo‘lga qo‘yilishi, huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan mavzuga oid profilaktik filmlar bazasini yaratish hamda tizimga munosib nomzodlarni o‘rganish jarayonini sifatli tashkil etish yuzasidan   vazifalar belgilab olindi.

Text to speech