Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Maktab taʼlimi va davomati bo‘yicha o‘qituvchilarning yangicha yondashuvi, ota-onalar va mahalla faollarini masʼuliyatini  oshirish orqali o‘quvchilarni taʼlim tarbiyasidagi sifatni mustaxkamlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar Milliy gvardiya qo‘mondoni nazorati ostida davom ettirilmoqda

Mazkur yoʻnalishdagi hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan ishlar bilan tanishish maqsadida, Milliy gvardiya qoʻmondoni R.Djurayev poytaxtimizda joylashgan Mirobod tumanidagi 218-maktab va Yashnabod tumanidagi

170-maktablarda boʻlib tuman mutasaddi rahbarlari, maktab direktorlari, oʻqituvchi murabbiylar, inspektor-psixologlar va hududiy mahalla raislari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida dastlab 218-maktab direktori va oʻqituvchilari, inspektor-psixologlar xamda biriktirilgan masʼul xodimlar, shuningdek mahalla faollari oʻrtasidagi oʻrnatilgan hamkorlik masalalari tanqidiy muhokama qilinib, maktabda sababsiz dars qoldiradigan, tarbiyasi va oʻqishida muammosi boʻlgan bitta oʻquvchi boʻlsa ham unga alohida yondashib, butun jamoani etibori qaratilishi zarurligi toʻgʻrisida vazifalar belgilandi.

Navbatdagi uchrashuv yuqorida taʼkidlaganimizdek 170-sonli taʼlim muassasi jamoasi bilan boʻlib, maktab direktori va inspektor-psixologlarning Davlatimiz rahbari tomonidan belilab berilgan sohaga oid ustuvor vazifalar doirasidagi maktab oʻquvchilari davomati bilan bogʻlik mavjud muammolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlari tinglandi. Ushbu muammolar yechimi yuzasidan tuman mutasaddi rahbarlarining fikr mulohazalari inobatga olingan holda tegishliligi buyicha topshiriqlar berildi.

Shundan soʻng Milliy gvardiya qoʻmondoni maktab oʻquvchilarini harbiy vatanparvarlik ruxida tarbiyalashga qaratilgan sport toʻgaraklari faoliyati bilan tanishdi. Maktabda tashkil qilingan “Shunqorlar treyning” harbiy vatanparvarlik sport klubida “Sambo”, “Dzyudo” va “Qoʻl jangi” sport turlari bilan muntazam shugʻullanib kelayotgan oʻquvchilar bilan uchrashib suhbatlashildi. Oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoyitlar va eng asosiysi vatan xissini yosh avlodga singdira olish qobiliyatga ega murabbiylarning jalb qilinganligiga yuqori baho berildi.   

Shu oʻrinda sportning qoʻl jangi turi bilan shugʻullanayotgan oʻquvchi yoshlarning Oʻzbekiston huquni muxofaza qilish organlari qoʻl jangi federatsiyasi raisi bilan kutilmagan uchrashuvi, ularga katta motivatsiya va estalik uchun jamoaviy suratga tushish imkonini berdi.

 Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan 170-maktab tajribasi sifatida, oʻquvchi yoshlarning harbiy vatanparvarlik ruhida talim tarbiya olishga va sport bilan shugʻullanishga boʻlgan shijoatlarini boshqa maktablarga namuna sifatida koʻrsatish va targʻibot qilish masalalari yuzasidan masʼul xodimlarga vazifalar yuklatildi.

Text to speech