Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Ochiq eshiklar kuni

O‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama maʼnan va jismonan chuqur aqliy bilimga ega bo‘lishlari uchun yurtimizda barcha qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Yoshlarimizning ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda harbiy-vatanparvarlik ruhida kamol topib, kasb tanlashda adashmasdan, dunyoviy bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishlarida esa, yurtimiz himoyachilarining ham o‘rni beqiyos.

Shu maʼnoda, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan shu yilning 3-dekabr kuni Buxoro shahar sport kolleji hamda 35-sonli maktabning 200 dan oshiq o‘quvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.

Tadbir davomida, yoshlarning Milliy gvardiya faoliyati bilan tanishishlari uchun harbiy qism bo‘ylab sayohat tashkil etilib, qurol-yorog‘lar hamda harbiy texnikalar namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalab, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, sohadagi yutuqlar, xodimlarning sportda va faoliyatda erishgan yutuqlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

Text to speech