Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

QO‘L JANGI MUSOBAQASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari o‘rtasida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha «Dinamo birinchiligi» bo‘lib o‘tdi.

Ikki kun mobaynida bo‘lib o‘tgan musobaqada 7 ta jamoa hisobida 46 nafar sportchilar ishtirok etib, qo‘l jangi bo‘yicha mahoratlarini namoyish etdilar.

Qizg‘in kechgan bellashuvlarda har bir sportchining ishtiroki hakamlar hayʼati tomonidan munosib bohalanib borildi. O‘zaro kuch sinashish natijasida saralanib, musobaqaning final bosqichigacha yetib kelgan eng kuchli sportchilar keskin bahs munozaralarga boy shiddatli jang olib bordilar.

Musobaqa natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi jamoasi, 2-o‘rinni QR IIV jamoasi hamda 3-o‘rinni QR Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasi jamoasi egalladi. Tadbir yakunida g‘oliblar diplom, kubok hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Text to speech