Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

UYUSHMAGAN YОSHLARNI BIR MAQSAD SARI BIRLASHTIRGAN MUSOBAQA

Yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida, Nukus shahridagi mahallalarda istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlar ishtirokida sportning mini futbol turi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat Soliq boshqarmasi bilan birgalikda “Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i kubogi” uchun sport musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur sport musobaqasida 8 ta mahallaning uyushmagan yoshlari qatnashib, jismoniy imkoniyat va mahoratlarini namoyish etdilar. Musobaqa yakunida uchinchi o‘rinni “Qo‘sh buloq” mahallasi, ikkinchi o‘rinni “Temir yo‘l” mahallasi, birinchi o‘rinni “Do‘stlik mahallasi” jamoalari qo‘lga kiritdi.

Musobaqa yakunida g‘olib jamoalarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat Soliq boshqarmasi boshliqlari tomonidan kubok, medal va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Tashkillashtirilayotgan bunday tadbirlar yoshlarni bir maqsad sari jamlash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qalblarida yurt taqdiriga daxldorlik hissini oshirish va sportga jalb qilishi bilan ahamiyatlidir.

Text to speech