Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Vatanparvarlik oyligi doirasida tizimli ishlar

Hozirgi kunda butun respublikamiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi va 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi. Mazkur sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda mustaqillik yillari O‘zbekistonda harbiy-siyosiy sohada amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida yurtimiz xavfsizligi va tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilishga har jihatdan qodir, zamonaviy, eng yangi qurol-yarog‘lar va harbiy texnika bilan taʼminlangan, mutlaqo yangi Milliy armiya vujudga kelgani haqida so‘z yuritildi. Tadbirda Mudofaa ishlari bo‘limi, IIB, FVB, hamda Milliy gvardiyaga biriktirilgan Karmana tumanidagi 10-sonli maktab, Xatirchi tumanidagi 88-AFCHO‘IM, Navoiy shahridagi 1-sonli maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi. Tadbir davomida yoshlarga qurol-aslahalar, harbiy texnikalar ko‘rgazmasi namoyish etilib, atroflicha tushunchalar berildi. Tadbir doirasida sportning “Kamondan otish” turiga qiziquvchi yoshlar uchun ham mahorat darslari tashkil etilib, bunda yoshlar kamonning kelib chiqish tarixi va uning sir-sinoatlari haqida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Qizg‘in kechgan tadbirda Madaniyat xodimlari tomonidan kuylangan kuy va qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi.

Text to speech