"Yangi O'zbekistonning taraqqiyotida yoshlarni harbiy vatanparvarligi yo'lida, yangicha rahbarlik mahorati va jasorati" mavzusida seminar-trening o'tkazildi.
Tadbir Milliy gvardiya hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida, mutaxassis psixolog ofitserlar ishtirokida tashkil etildi.
Seminarni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati a’zosi va eksperti, xalqaro toifadagi spiker, falsafa fanlari doktori, professor, ijtimoiy psixolog, Toshkent shahar kengashi deputati, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Yoshlar murrabiysi Jamila Shermuhamedova o’tkazdi.
J.Shermuhamedova o‘z ma’ruzasida yoshlar ongida fidoyilik, mas’uliyat, tashabbuskorlik, shijoat va liderlik sifatlarini shakllantirishning zamonaviy usullari haqida atroflicha fikr yuritdi. Shuningdek, o‘z-o‘zini boshqarish, stressni yengish, jamoada samarali muloqot va o‘zaro ishonch muhitini yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi. Trening jarayonida interfaol mashg‘ulotlar, real hayotiy vaziyatlar asosida tahlillar va jamoaviy muhokamalar o‘tkazildi.
Mazkur seminar-trening gvardiyachilarning kasbiy mahoratini oshirish, psixologik tayyorgarligini mustahkamlash hamda jamoada muloqot va hamkorlik madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.