Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“YОSHLAR BOG‘I”DA YUZLAB YoSHLAR BIRLASHDI

Mamlakatimizda taʼtil kunlari yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ularni sport to‘garaklariga jalb qilish borasida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Jumladan, kuni kecha Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan uyushmagan va harbiy yoshlar uchun tarbiyaviy ahamiyatga boy bo‘lgan sport tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida harbiy xizmatchilarning qurol-aslahalar namoyishi, ot sporti hamda otlar ishtirokidagi ko‘rgazmali chiqishlari yoshlar xotirasida iliq taassurot qoldirib, otlar bilan bo‘lgan sayr esa bolajonlarga bir olam zavq baxsh etdi.

Shu bilan birga, tadbir so‘ngida tashkilotchilar tomonidan ot sportini rivojlantirish, yoshlarga ushbu yo‘nalish bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish masalasida tegishli choralar ko‘rildi.

Text to speech