Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo etilgan yirik quvvatli kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi (https://president.uz/oz/lists/view/8785) / / Moliya, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va turizmning yirik markaziga aylanib borayotgan Toshkent (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18196)dunyoning zamonaviy megapolislari andozasi asosida yanada rivojlantiriladi / / Ma'naviy-ma'rifiy seminar-trening o‘tkazildi (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18185) / / Qoraqalpogʻiston Respublikasida gvardiyachilar tomonidan (https://telegra.ph/Qoraqalpog%CA%BBiston-Respublikasida-gvardiyachilari-tomonidan-qizil-kitobga-kiritilgan-o%CA%BBsimlikni-noqonuniy-ravishda-olib-ketayotgan-12-16), Qizil kitobga kiritilgan oʻsimlikni noqonuniy ravishda olib ketayotgan shaxs qo'lga olindi / / Toshkent shahrida gvardiyachilar tomonidan sertifikatlanmagan pirotexnika vositalari (https://telegra.ph/Toshkent-shahrida-gvardiyachilar-tomonidan-sertifikatlanmagan-pirotexnika-buyumlari-olib-qoyildi-12-15) olib qo‘yildi / / Farg‘ona viloyatida pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga (https://telegra.ph/Fargona-viloyatida-pirotexnika-buyumlarining-noqonuniy-muomalasiga-chek-qoyildi-12-15)chek qo‘yildi / / Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“Jasorat” nomli harbiy drama filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi va 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Jasorat” nomli harbiy drama filmining premyerasi Milliy kino san'ati saroyida bo'lib o'tdi. Film O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, Milliy gvardiya, Jamoat xavfsizligi universiteti hamkorligida suratga olingan bo'lib, harbiy xizmat, fidoyilik hamda gender tenglik masalalarini namoyish etadi. Filmda Milliy gvardiya kursantlari ham ishtirok etgan. Asosiy qahramon — Vatan xizmati yo'nalishida jasorat qilish arafasida bo'lgan Komila. “Jasorat” filmi “Vatan fidoyilari” seriali asosida yaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Milliy kino san'ati saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Jamoat xavfsizligi universiteti bilan hamkorlikda suratga olingan “Jasorat” nomli harbiy drama filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

“Jasorat” deb nomlangan mazkur film harbiy hayot asosiga qurilgan. Undagi voqealar rivoji Qurolli Kuchlar tizimidagi osoyishtalik posbonlarining el-yurt hayoti xavfsizligi yo`lidagi xizmatlariga bag`ishlahgan bo`lib, ularning fidoyiliklari ta`sirchan epizodlarda berilgan. Filmda gender tenglik masalasiga ham alohida urg`u berilgan. O`zbek xotin-qizlarining Vatan, uning tinchligi yo`lida qanchalar yonib yashashlari, olam havas qilgulik darajadagi pokizaliklari mavzu rivojiga asos qilib olingan. Mazkur filmni hayajonsiz ko`rish aslo mumkin emas. 

O`zbek kino san`atining qator iste`dodli ijodkorlari ishtirokida taqdim etilayotgan filmning suratga olish jarayonlari O`zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining sport majmuasida, o`quv binolarida, shuningdek, murakkab iqlim sharoitida dala o`quv maydonlarida kechdi. Unda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va oliy harbiy ta`lim dargohi kursantlari ham turli epizodlarda ishtirok etishgan.

Shuni alohioda aytish kerakki, bu film “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, “BABR FILMS” studiyasi hamkorligida tayyorlandi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF–6202-sonli Farmoniga muvofiq o`tgan “Har bir serial — bir missiya” tanlovining g‘olibi bo‘lgan “Vatan fidoyilari” seriali asos qilib olingan.

Film nomi – “Jasorat”. Bu degani faqat jismoniy kuch emas, balki, qo‘rquv, og‘riq va og‘ir sinovlar jarayonida namoyon bo‘ladigan ruhiy matonat va iroda talqini. Asar markazida bosh qahramon Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursanti Komila turadi. U xalq xizmati yo‘lida qat’iyatli va jasur, biroq uning hayotida xavfli sir mavjud. Bu sir oshkor bo‘lsa, u ham o‘qishidan, ham hayotidagi eng muhim sport sinovi — triatlon saralashidan mahrum bo‘ladi. Qattiq intizom, raqobat va bosim ostida Komila eng og‘ir jangni — burch, sadoqat va jasoratga yo`g`rilgan o‘z jismi va ruhiy olami bilan kurashni boshdan kechiradi.

     Film ssenariy mualliflari: Jamshid Narziqulov, Bobur Sher o‘g‘li

Rejissor: Jamshid Narziqulov

Tasvirchi: Sarvar Sodiqov

Bastakor: Shohruh Jamolov

Rassom: Samandar Norqo‘ziyev

Prodyuser: Bobur Sher o‘g‘li tomonidan suratga olingan.

Bu kabi vatanparvarlik haqidagi filmlar har bir tamoshabinda yurtga muhabbat, faxr va mas’uliyat tuyg`ularini kuchaytiradi, jasorat, fidoyilik, sadoqat, hamjihatlik kabi fazilatlarni shakllantiradi.

Text to speech