Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Turkiya Jandarmeriyasining xalqaro hamkorligi mustahkamlanmoqda

Joriy yilning 7-11 aprel kunlari Turkiya Jandarmeriyasi Bosh qoʻmondoni oʻrinbosari general-polkovnik Ismail Balibek boshchiligidagi Turkiya Jandarmeriyasi delegatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi tashkil etildi.
Eslatib oʻtamiz, 2021-yilning noyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan Turkiya respublikasi Jandarmeriyasi Bosh qoʻmondoni armiya-generali Arif Chetin va Milliy gvardiya qoʻmondoni general-mayor Rustam Djurayevning uchrashuvi boʻlib oʻtib, unda Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi va Turkiya Jandarmeriyasi oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish boʻyicha istiqbolli rejalar belgilab olingan edi.

Ikki tomonlama oʻzaro hamkorlik masalalari yildan yilga mustahkamlanib kelinmoqda, xususan xavfsizlik sohasi, harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish kabi yoʻnalishlardagi oʻzaro tajriba almashinuvlari bugungi kunda yangi bosqichga olib chiqildi.

Mazkur amaliy hamkorlikning dolzarb yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar hamda oʻrnatilgan mustahkam strategik sheriklik munosabatlari, joriy yilning 8 aprel kuni Milliy gvardiya qoʻmondoni general-mayor R.Djurayev va Turkiya Jandarmeriyasi Bosh qoʻmondoni oʻrinbosari general-polkovnik Ismail Balibeklar oʻrtasida boʻlib oʻtgan ishchi uchrashuv mobaynida keng muhokama qilindi.

Turk tomoni soʻngi yillarda ikki tomonlama hamkorlik doirasida erishilgan natijalar hamda davom ettirilayotgan amaliy tadbirlarni yuqori baholab, kelgusida ham hamkorlikni yanada kengaytirishga manfaatdor ekanliklarini bildirib oʻtishdi.
Tashrif dasturiga muvofiq delegatsiya aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi muzeyi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi, Axborot xizmati, “Temurbeklar” harbiy akademik litseyi hamda Jamoat xavfsizligi universitetiga tashrifi amalga oshirildi.
Tashrif oʻzaro hurmat va ishonch ruhida boʻlib oʻtdi. 

Text to speech