O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qo‘l jangi federatsiyasining 2024 yil sarhisobi hamda 2025 yil uchun ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi  / / Voleybol bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi o‘tkazildi / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi - “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol respublika darajasidagi davlat organi” deb topildi / / Harbiy xizmatchilarga yangi xonadon kalitlari topshirildi / / Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir / / Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan davlat idoralarida tadbirlar / / O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda "14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Yangi O‘zbekiston majmuasida joylashgan Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘yildi / / Davlat mukofotlari o‘z egalariga topshirildi / / Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida bayramona tadbir tashkil etildi / / “Vaʼda” nomli badiiy filmning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. / / Kuch tuzilmalarining kinologiya sohasidagi hamkorligi // "Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi"da huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda // Xorazmda Qizil kitobga kiritilgan qushni sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi // Mahallalar kesimida mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish hamda huquqbuzarliklarni profilaktika qilish borasida hamkorlikdagi manzilli targʻibot tadbirlari davom ettirilmoqda // Nurafshon shahrida joylashgan Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hududida "Ot sporti maydoni" majmuasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va unda harbiy vatanparvarlikga ixtisoslashtirilgan sinf oʻquvchilari hamda tizim faxriylari ishtirok etishdi // Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida Milliy gvardiya tashabbusi bilan «Zakovat» intellektual oʻyini oʻtkazildi // 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Respublikamiz boʻylab Milliy gvardiya tizimida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar va ularning ota-onalari ishtirokida telemuloqotlar tashkillashtirildi // Milliy gvardiya Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasida “Yotoqxona, oshxona va xizmat koʻrsatish binolari” shuningdek, Jizzax shahar Qoʻriqlash boʻlimi “Maʼmuriy binosi”ning tantanali ochilishi Gvardiyachilarga bayramona tuhfa boʻldi // Qurolli Kuchlarimizni tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan bugun, Yangi O‘zbekiston bog‘ida “Men g‘olib” shiori ostida yugurish musobaqasi tashkil etildi // Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Poytaxtimizning Amir Temur xiyoboni boʻylab “Otlar paradi” boʻlib oʻtdi // Toshkent viloyatidagi tog‘li hududlardagi dam olish maskanlarida jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar olib borilmoqda // Milliy gvardiya tizimi faxriylari hamda xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolari xolidan xabar olindi. // O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan "Askar onalarini sharaflaymiz!” mavzusidagi tadbir tashkil etildi // Poytaxtimizdagi "Kinochilar uyida" Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” faoliyatiga oid “Vaʼda” nomli teleserialning taqdimoti bo‘lib o‘tdi 

 

Ўз O'z Ру En

Xitoy Xalq Respublikasi Xalq qurollangan politsiyasi komissari general-polkovnik ChjanXunbinning O‘zbekistonga tashrifi yakunlari to‘g‘risida

Davlatimiz rahbarining barcha sohalarga bo‘lgan yangicha yondashuvi va amalga oshirayotgan islohotlari samarasida Yangi O‘zbekiston jahon hamjamiyatida barqaror va jadal rivojlanayotgan davlat, ishonchli hamkor va ulkan imkoniyatlar mamlakati sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida ham ko‘p qirrali hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.

Ikkita davlat Rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning o‘zaro hamkorlik kelishuvlari amaliy ijrosi yuzasidan Xitoy Xalq Respublikasi Xalq qurollangan politsiyasi komissari general-polkovnik Chjan Xunbin boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi Xalq qurollangan politsiyasi delegatsiyasi ilk bor joriy yilning 8-10 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.

Mehmonlar Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev tomonidan Faxriy qorovul ishtirokida tantanali kutib olindi.

Shundan so‘ng, ikki tomon o‘rtasidagi o‘zaro muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda harbiy taʼlim sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish, jangovar va maxsus tayyorgarlikni tashkil etish va tajriba almashish, shuningdek, jamoat tartibini saqlash borasidagi masalalar muhokama qilinib, hamkorlikdagi istiqbolli rejalar belgilab olindi. Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish borasida erishilgan kelishuvlar yuzasidan Protokoli imzolandi.

Mehmonlar Milliy gvardiya Situatsion markazining moddiy-texnik bazasi va faoliyati hamda Milliy gvardiya muzeyi bilan tanishdi.

Tadbir davomida delegatsiya aʼzolari Milliy gvardiya bo‘linmalarida xizmat qilib, o‘z burchini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan safdoshlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yishdi. Shuningdek, anʼanaga ko‘ra daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, mehmonlar Toshkent shahri “Qo‘riqlash” boshqarmasi hamda "Temurbeklar Maktabi" harbiy akademik litseyi, Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Axborot xizmati, Bolalar psixologiyasi markazlari, Jamoat xavfsizligi universiteti shuningdek, Samarqand shahrining tarixiy obidalarida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan jamoat tartibini saqlashga qaratilgan Turistik patrul xizmati faoliyati bilan tanishishdi.

Mazkur tashrif Xitoy Xalq Respublikasi Xalq qurollangan politsiyasi komissari general-polkovnik Chjan Xunbinning mamlakatimizga ilk tashrifi bo‘lib, bu O‘zbekiston bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlarining mustahkamlanishi, jumladan, huquq-tartibot idoralari, harbiy va boshqa sohalarda ham ko‘p qirrali hamkorlikning yana-da rivojlantirishga keng imkon yaratadi.

Text to speech