Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Harbiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayevning Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Manish Prabxat bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida ko‘p asrlik savdo-iqtisodiy, tarixiy-madaniy aloqalar bugungi kunda ham barcha sohalarda rivojlanib borayotganligi, mamlakatlarimiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti kabi qator xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida yaqindan hamkorlik qilib kelishayotganligi ko‘rsatib o‘tildi. Muloqot davomida Milliy gvardiya va Hindiston Milliy xavfsizlik gvardiyasi o‘rtasida o‘rnatilayotgan hamkorlik aloqalari davlatlarimiz o‘rtasida xavfsizlik va mudofaa sohasidagi umumiy qarash va yondashuvlarga to‘la mos kelishi taʼkidlandi. Hindistonning O‘zbekistondagi Elchisi janob M.Prabxat Milliy gvardiyaning jamoat tartibini saqlash, ichki xavfsizlikni taʼminlash, muhim davlat obyektlarini qo‘riqlash sohalarida Hindistonning tegishli harbiy va huquqni muhofaza qilish idoralari bilan kelgusi hamkorligini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, yaqinda Milliy gvardiya qo‘mondonining Hindiston Miliy xavfsizlik gvardiyasi Bosh direktori M.Ganapati bilan onlayn video muloqoti o‘tkazilib, unda ikki idora o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv Memorandumi imzolangan edi. Ishchan va samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yakunida xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini davom ettirishga kelishib olindi.

OZARBAYJON RESPUBLIKASI BILAN HAMKORLIKNING ISTIQBOLLI YO‘NALISHLARI

Joriy yilning 16 fevral kuni poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor R. Djurayev hamda Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi G. Guliyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida tomonlar huquqni muhofaza qilish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning holati yuzasidan fikr almashdilar va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ozarbayjon Respublikasi ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shinlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar o‘zaro manfaatli barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Uchrashuv do‘stona va konstruktiv muloqot ruhida o‘tdi.

Hindiston Milliy xavfsizlik gvardiyasi bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan doimiy ravishda o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning 25 yanvar kuni Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev va Hindiston Milliy xavfsizlik gvardiyasi Bosh direktori M.Ganapati o‘rtasida onlayn videomuloqot shaklida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va Hindiston Milliy xavfsizlik gvardiyasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Hind tomoni O‘zbekiston Milliy gvardiyasi bilan o‘zaro ishonch va hurmat asosida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga tayyorligini maʼlum qilib, idoralararo o‘zaro tajriba almashish va xavfsizlik sohasida qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish to‘g‘risida taklif bildirdi. O‘z o‘rnida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Hind tomoni bilan xizmat faoliyatining barcha sohalarida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga tayyorligini maʼlum qilib, Jamoat xavfsizligi universiteti va Hindiston Milliy xavfsizlik gvardiyasining tegishli oliy harbiy taʼlim muassasasi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish taklifini bildirdi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Hindiston Milliy xavfsizlik gvardiyasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik bo‘yicha anglashuv Memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur hujjat ikki idora o‘rtasidagi kelgusi hamkorlikni mustahkam asosi bo‘lishi hamda tomonlar o‘rtasida jamoat tartibini saqlash, terrorizmga qarshi kurashish, harbiy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish sohalarida hamkorlik qilish, qo‘shma amaliy treninglar, o‘zaro tanishuv tashriflarini tashkil etish imkonini berishi ko‘rsatib o‘tildi. Uchrashuv do‘stona va konstruktiv muloqot ruhida o‘tdi.  

ROSGVARDIYA BILAN HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etilganidan keyin birinchilardan bo‘lib Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiyasi Federal xizmati bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiyasi qo‘shinlari Federal xizmati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim imzolangan bo‘lib, bu tomonlarning uzoq muddatli hamkorligi va mustahkam aloqalar o‘rnatilishiga zamin yaratdi. Rossiya tomonining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi delegatsiyasining Qo‘mondon general-mayor R.Djurayev boshchiligidagi rasmiy tashrif Rossiya Federatsiyasiga ilk marotaba amalga oshirildi. Uchrashuv mobaynida ikki tomon rahbarlari tomonidan, xavfsizlik masalalari va kadrlar tayyorlash sohasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda rivojlantirish muhimligi alohida taʼkidlandi. Yig‘ilish doirasida jamoat xavfsizligini taʼminlash va harbiy kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan va 2022-yilga mo‘ljallangan Hamkorlik rejasi imzolandi. Tashrif dasturiga muvofiq, delegatsiya aʼzolari Moskva shahridagi Rosgvardiya Bosh boshqarmasida ham bo‘lib, unda bo‘linmalarning jangovar-xizmat faoliyati, texnika va qurol aslaxalari, shuningdek tezkor maxsus otryadining ko‘rgazmali chiqishi bilan tanishdilar.

BELARUS RESPUBLIKASI IIV BILAN HAMKORLIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANMOQDA

So‘ngi yillarda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar mutlaqo yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi harbiy va huquqni muhofaza qilish sohalarida ham hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Belarus tomonining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Minsk shahriga tashrif buyurishdi. Uchrashuv davomida har ikki tomon rahbarlari xavfsizlik va kadrlar tayyorlash sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish muhimligini alohida taʼkidlab o‘tdilar. Uchrashuv yakunida jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda harbiy kadrlar tayyorlash sohasidagi o‘zaro tajriba almashish borasidagi amaliy chora-tadbirlarni 2022-yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan hamkorlik rejasi imzolandi. Shuningdek, tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va “Belarus Respublikasi Harbiy akademiyasi” taʼlim muassasasining Ichki qo‘shinlar fakulteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Tashrif dasturiga muvofiq delegatsiya aʼzolari, Belarus Respublikasi IIV ichki qo‘shinlarining faoliyati, jamoat xavfsizligi va huquq-tartiboti, shuningdek, jangovar xizmat hamda moddiy-texnik bazasini taʼminlash bo‘linmalari faoliyati bilan tanishdilar.

TOJIKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI BILAN HAMKORLIK O‘RNATILDI

Joriy yilning 24 noyabr kuni Tojikiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-leytenant B.Jamolzoda boshchiligidagi delegatsiya ilk bor O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan keldi. Milliy gvardiya markaziy devonida Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayev ishtirokida tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda qo‘mondon o‘rinbosarlari, Markaziy devon boshqarma boshliqlari, brigada komandirlari, shuningdek, Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi rahbarlari ishtirok etdi. Shu bilan bir qatorda hududiy boshqarmalar va mintaqaviy o‘quv markazlari rahbarlari video-konfrens-aloqa orqali qatnashishdi. Uchrashuvda har ikki tomon o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashning asosiy ustuvor masalalarini muhokama qildilar. Yig‘ilish yakunida rahbarlar 2022 yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama amaliy hamkorlik rejasini imzolab, kadrlar tayyorlash, ularning jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, xizmat ko‘rsatishning barcha sohalarida tajriba almashishga kelishib oldilar. Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari Jamoat xavfsizligi universiteti, Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi, G‘alaba bog‘i hamda Milliy gvardiyaning qator bo‘linmalari bilan tanishishdi. Tashrif anʼanaviy va do‘stona muhitda o‘tmoqda.

TURKIYA JANDARMERIYASI BILAN IKKI TOMONLAMA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA

Joriy yilning 3 noyabr kuni Turkiya Respublikasi Jandarmeriyasi Bosh qo‘mondoni armiya generali Arif Chetin boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi. Milliy gvardiya Markaziy devonida Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayev  ishtirokida mehmonlarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga, tashrif rejasiga muvofiq Milliy gvardiya majlislar zalida ikki tomonlama hamkorlik masalalariga bag‘ishlagan yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda Turkiya delegatsiyasi aʼzolari, Turkiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi huzuridagi ichki va xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchilar, qo‘mondon o‘rinbosarlari, Markaziy devon boshqarma boshliqlari, brigada komandirlari, shuningdek, Jamoat xavfsizligi universiteti va Milliy gvardiya ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi rahbarlari ishtirok etdilar. Milliy gvardiyaning xududiy boshqarmalari hamda mintaqaviy o‘quv markazlari boshliqlari video-konferens-aloqa orqali qatnashdilar. Ikki tomonlama muzokaralar davomida rahbarlar ikki qardosh mamlakat o‘rtasida do‘stlik aloqalari shiddat bilan rivojlanib borayotganligini alohida taʼkidlab, xavfsizlik sohasidagi idoralararo hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Suhbat yakunida tomonlar xavfsizlikni taʼminlash va harbiy kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga shuningdek o‘zaro tajriba almashinuv tashriflarini amalga oshirishga kelishib oldilar. Shundan so‘ng kun davomida delegatsiya aʼzolari Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, G‘alaba bog‘i shuningdek Ichki ishlar vazirligiga tashrif buyurishdi. Tashrif anʼanaviy hamda do‘stona muhitda davom etmoqda.      

Hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Joriy yilning 27 oktyabr kuni Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekar va Elchixona huzuridagi ichki va xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchilar polkovnik Mustafa Avji va 1 darajali xavfsizlik mudiri Murat Karaustalar O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti va Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv Markaziga tashrif buyurib, taʼlim jarayoni va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlar taʼlim muassasalarda yaratilgan sharoitlar va o‘quv-taʼlim jarayonini yuqori baholab, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida ikkitomonlama aloqalarni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Shuningdek tashrif davomida, Milliy gvardiya Markaziy devonida Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekarning O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda o‘zbek tomonidan Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov va boshqa rahbar xodimlar ishtirok etdilar. Muzokaralar davomida, Elchi Olgan Bekar ikki qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari har sohada shiddat bilan rivojlanib borayotganligini mamnuniyat bilan qayd etib, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va Turkiya Jandarmeriyasi o‘rtasida o‘rnatilgan ikkitomonlama do‘stona hamkorlik aloqalarini har tomonlama qo‘llab quvvatlashini maʼlum qildi. Do‘stona va iliq muhitda bo‘lib o‘tgan suhbat natijasida, tomonlar xavfsizlik va xarbiy taʼlim sohalarida o‘rnatilgan idoralararo muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar. Uchrashuv yakunida Elchi Olgan Bekar Milliy gvardiya Fahriy mehmonlar kitobida samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.      

BOLALAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIK

Davlatimiz rahbarining joriy yil 9 avgustdagi «Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 5215-son Qarori talablarini sifatli va samarali amalga oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayev va YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari M.Mamedzoda o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda YUNISEFning “Bolalarni himoya qilish” dasturi rahbari Antoniya Lyudeke, dastur maslahatchisi Safinas Axayeva, Milliy gvardiya qo‘mondonining yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, polkovnik S.Mamayusupov va tizimning masʼul rahbar xodimlari ishtirok etishdi. Suhbat davomida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. YUNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari mamlakatda Mehribonlik uylarini deinstitutsionalizatsiya qilishga qaratilgan islohotlarni, ayniqsa, bolani qarindoshlari oilasida tarbiyalash muhimligini yuqori baholadi. Shu bilan bir qatorda, M.Mamedzoda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga turar-joy muassasalarida bolalarni reintegratsiya qilish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish va xalqaro standartlarga muvofiq o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, shuningdek, oilalar tarbiyasiga topshirilgan bolalarni monitoring qilishda har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. Tadbir yakunida tomonlar kelgusi yillarga mo‘ljallangan hamkorlik rejasini imzolashga kelishib oldilar. Uchrashuv anʼanaviy hamda do‘stona muhitda o‘tdi.

TOJIKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYАSI BILAN HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

Joriy yilning 12 oktyabr' kuni O‘zbekiston tomoni tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor R. Djuraev hamda Tojikiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general -leytenant B. Jamalzodaning ilk uchrashuvi video-konferens-aloqa shaklida bo‘lib o‘tdi.Suhbat chog‘ida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlarini muhokama qildilar va davlat xavfsizligi, tasniflangan davlat ob'ektlarini himoya qilish, shuningdek, oliy harbiy ta'lim sohasidagi hamkorlik va konstruktiv muloqotni yanada rivojlantirishga o‘zaro tayyor ekanliklarini bildirdilar.Muzokaralar natijasida bir qator o‘zaro tashriflar, qo‘shma mashqlar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish va jangovar faoliyatning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashish borasida kelishuvga erishildi.Uchrashuv o‘zaro tushunish va do‘stlik muhitida bo‘lib o‘tdi.

QOZOG‘ISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI BILAN HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari-Milliy gvardiya bosh qo‘mondoni general-leytenant R.Jaksilikov boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga javob tashrifi bilan keldi.Milliy gvardiya markaziy devonida Milliy gvardiya qo‘mondoni, general -mayor R. Djurayev ishtirokida tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Tadbirda qo‘mondon o‘rinbosarlari, Markaziy devon boshqarma boshliqlari, brigada komandirlari, shuningdek, Jamoat xavfsizligi universiteti va Milliy gvardiya ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi rahbarlari ishtirok etdi va shu bilan qatorda hududiy boshqarmalar hamda viloyat o‘quv markazlari boshliqlari bo‘lsa videokonferensaloqa orqali qatnashdi.Uchrashuv davomida rahbarlar ikki qardosh mamlakat o‘rtasida xavfsizlik va harbiy kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash muhimligini alohida taʼkidlab o‘tishdi.Qozog‘iston delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik mustahkam ko‘p asrlik do‘stlik va ahil qo‘shnichilik rishtalariga asoslanganini taʼkidladi.Uchrashuv yakunida rahbarlar bir qator amaliy chora -tadbirlarni o‘z ichiga olgan 2022-yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik rejasini imzoladi.Bundan tashqari, delegatsiya aʼzolari tashrif doirasida Jamoat xavfsizligi universiteti, Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi, G‘alaba bog‘i, shuningdek, Milliy gvardiyaning bir qator bo‘linmalariga tashrif buyurdi.Tashrif anʼanaviy hamda do‘stona muhitda bo‘lib o‘tmoqda.

XALQARO HAMKORLIKNING YАNGI YO‘NALISHLARI BELGILANDI

Milliy gvardiyada doimiy ravishda xorijiy hamkorlar geografiyasini kengaytirish, o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 23 sentyabr' kuni Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djuraev va AQShning Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general J. Boylz bilan onlayn formatda bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida okeanorti mamlakati Milliy gvardiyasi bilan ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va o‘zaro aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar xususida fikr almashildi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari barcha sohalarda kengayib borayotganligi, mamlakatlarimiz harbiy va huquqni muhofaza qilish sohalarida yaqindan hamkorlik qilib ketayotganligi mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlar 2022 yilda amaliy hamkorlikni kengaytirishga va qator qo‘shma tadbirlarni amalga oshirishga kelishib oldilar. Uchrashuv do‘stona va ishchan muloqot ruhida o‘tdi. Milliy gvardiya Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Text to speech