Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

XALQARO TASHKILOTLAR BILAN HAMKORLIK RIVOJLANMOQDA

Xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida joriy yilning 28 may kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini, shuningdek, jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikning, jumladan yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. BMT NJB mintaqaviy vakolatxonasi mutaxassislari Milliy gvardiya bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va yana-da rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirib, BMT NJBning 2020-2022-yillarda O‘zbekistonda amalga oshirayotgan tashabbuslari haqida batafsil maʼlumot berdilar. Shuningdek, muloqot chog‘ida uyushmagan yoshlarni sportga jalb etish loyihasiga alohida eʼtibor qaratildi. Do‘stona muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yakunlari yuzasidan ikki tomonlama hamkorlik doirasidagi amaliy chora-tadbirlar Rejasini birgalikda ishlab chiqish hamda o‘zaro Anglashuv memorandumi loyihasini tayyorlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Turkiya Respublikasi Jandarmeriyasi bosh qo‘mondoni armiya generali Arif Chetin Ramazon xayit munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor Rustam Djurayevga tabrik yo‘lladi

XALQARO QIZIL XOCH QO‘MITASI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI  

Joriy yilning 11 may kuni ikki tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashish maqsadida Milliy gvardiya Xalqaro hamkorlik boshqarmasida Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ishlash bo‘yicha mintaqaviy eksperti Vinko Moslavas bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining O‘zbekistondagi mintaqaviy vakolatxonasi o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Do‘stona muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish Rejasini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

TAʼLIM SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

Italiya bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida joriy yilning 6 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida Italiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi huzuridagi xavfsizlik bo‘yicha ekspert podpolkovnik Federiko Kuatrini bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat boshida Universitet boshlig‘i polkovnik M. Rustambayev Institutning Universitet etib qayta tashkil etilishi konsepsiyasi, o‘qitishning yangi yo‘nalishlari va mezonlarining joriy etilishi, yangi kafedralarning ochilishi, shuningdek, moddiy-texnik bazani yana-da takomillashtirish to‘g‘risida Italiya tomoniga maʼlumot berib o‘tdi. Shuningdek, harbiy va huquqni muhofaza qilish sohalarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida Italiya tomoni bilan tajriba almashishga, tegishli Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishga va Italiyadagi ixtisoslashgan taʼlim muassasalari bilan o‘zaro anglashuv Memorandumini tuzishga tayyor ekanliklari bildirildi. O‘z navbatida, F. Kuatrini bugungi kunda nafaqat Milliy gvardiya, balki O‘zbekiston Respublikasining boshqa huquq-tartibot idoralari uchun ham tatbiq etilayotgan kadrlarni tayyorlash tizimi alohida eʼtiborga loyiq ekanini taʼkidladi. Uchrashuv davomida Italiya tomoni Universitet kursantlariga Italiyaning Karabinerlar korpusi faoliyati haqida batafsil maʼlumotlarni taqdim etdi. Karabinerlar ikki yuz yillik tarixga ega bo‘lib, 1814 yilda Italiyani birlashtirish paytida harbiy qismlarning birlashuvidan tashkil topgan. Bugungi kunda mazkur korpus Italiya Qurolli Kuchlari tuzilmalaridan biri bo‘lib, harbiy politsiya hamda aholi orasida huquq-tartibotni muhofaza qilish vazifasini ham bajarib kelmoqda. Taqdimot doirasida bo‘linmalarning faoliyat yo‘nalishlari va vazifalari, kadrlar tayyorlash tizimi hamda amalga oshirilayotgan xalqaro hamkorlik maʼlumotlari batafsil bayon etildi. Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini rivojlantirishga va yana-da faollashtirishga kelishib oldilar.  

HARBIY SOHADA YANGI XALQARO ALOQALAR O‘RNATILMOQDA

Joriy yilning 5 may kuni Ozarbayjon Respublikasi IIV Ichki qo‘shinlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi vakillarining Ozarbayjon Respublikasi IIV Ichki qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari general-mayor V. Aliyev bilan videokonferensaloqa ko‘rinishidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida, bugungi kunda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlik va o‘zaro aloqalar do‘stona, o‘zaro manfaatli va keng ko‘lamda ekanligi taʼkidlandi. Shu bilan birga, har ikki tashkilotning faoliyati, maqsad va vazifalari to‘g‘risida maʼlumotlar berildi, shuningdek, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib oldilar. Videomuloqot do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.

XALQARO HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

Fransiya Respublikasi Jandarmeriyasi bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida joriy yilning 16 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi vakillarining O‘zbekiston Respublikasidagi Fransiya mudofaasi masalalari bo‘yicha Attashesi podpolkovnik Jan-Mari Xolsinger bilan ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini, shuningdek, 2021 yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasini muhokama qildilar. Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli sohalarda samarali hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Joriy yilning 8 aprelь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʼmondoni general-mayor R.Djuraev Qozogʼiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Bosh qoʼmondoni general-leytenant R.Jaksilikov bilan videokonferents aloqa orqali muloqoti boʼlib oʼtdi.  Muloqot davomida Tomonlar mamlakatlarimiz oʼrtasidagi yaqin qoʼshnichilik va koʼp asrlik doʼstona aloqalar hozirgi vaqtda strategik sherikchilik munosbatlari darajasida rivojlanib borayotganligini taʼkidlab oʼtdilar. Shuningdek, Oʼzbekiston va Qozogʼiston Respublikasi Milliy gvardiyalari oʼrtasida qalin hamkorlik aloqalari oʼrnatilganligi va oʼtgan davr mobaynida bir qator qoʼshma tadbirlar muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi qayd etildi. Onlayn muloqot davomida oʼzaro hamkorlikning hozirgi holati va istiqbolli yoʼnalishlari xususida fikr almashildi. Doʼstona va samimiy muloqot ruhida oʼtgan uchrashuv yakunida Tomonlar oʼzaro hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash, turli darjadagi tajriba almashinuv tashriflarini, shuningdek birgalikda qoʼshma amaliy tadbirlarni amalga oshirish borasida kelishib oldilar.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI QO‘MONDONI AQSH QUROLLI KUCHLARI MARKAZIY QO‘MITASI DYELEGATSIYASINI QABUL QILDI

Joriy yilning 5 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor R. Djurayev hamda AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligining Strategiya, rejalashtirish va siyosat boshqarmasi direktori o‘rinbosari brigada generali Dyuk Piraklarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilib, xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada samarali yo‘lga qo‘yish, shuningdek, harbiy va harbiy-texnik sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar. Bundan tashqari, xorijiy delegatsiyaning O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan o‘quv markaziga tashrifi tashkil etilib, unda mehmonlar Markaz faoliyati hamda mutaxassislarning amaliy tayyorgarligi jarayoni bilan tanishtirildilar. Tadbir yakunida brigada generali D. Pirak tashkil etilgan mazkur uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirib, muntazam muloqot va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhim ekanligini ta’kidladi.

XORIJIY HAMKOR BILAN KELGUSIDAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

Milliy gvardiya Xalqaro hamkorlik boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda ko‘plab hamkor davlatlarning tegishli vazirlik va idoralari bilan o‘zaro keng qamrovli hamkorligini yana-da rivojlantirish maqsadida bir qator tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Shu jumladan, kuni kecha, Milliy gvardiya Xalqaro hamkorlik boshqarmasi binosida Turkiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi huzuridagi Ichki masalalar bo‘yicha maslahatchi polkovnik Mustafa Avji va Elchixona huzuridagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Nejat Billarning Milliy gvardiya vakillari bilan navbatdagi ishchi uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv davomida o‘zaro tajriba almashish, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarini o‘qitish, ikki tomonlama tashriflarni tashkil etish masalalari, shuningdek hamkorlikning boshqa istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Shu bilan birga, Milliy gvardiya va Turkiya Jandarmeriyasi o‘rtasida harbiy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish hamda Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti va Turkiya Jandarmeriyasi Akademiyasi o‘rtasida amaliy hamkorlikni o‘rnatish bo‘yicha takliflar bildirib o‘tildi. Do‘stona ruhda kechgan mazkur uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirish va rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

SAMARALI HAMKORLIKNI YANADA MUSTAHKAMLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Milliy gvardiyaning Xalqaro hamkorlik boshqarmasi tomonidan xorijiy sheriklar bilan samarali hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlash va kengaytirish borasida ko‘plab uchrashuv, tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, joriy yilning 15 mart kuni O‘zbekiston Milliy gvardiyasi vakillari AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Harbiy attashesi, podpolkovnik B.Bukxols bilan AQSH elchixonasi Harbiy hamkorlik bo‘limi boshlig‘i mayor Joel Springsted bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdilar. Ushbu tadbirda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida strategik sheriklikni turli sohalarda, jumladan xavfsizlik, jamoat tartibini saqlash va harbiy hamkorlik masalalarida rivojlantirish muhokama qilindi. Suhbat davomida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va AQSH Qurolli Kuchlari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash istiqbollari to‘g‘risida fikr almashdilar. O‘z navbatida, Amerika delegatsiyasi vakillari o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikdagi amaliy tadbirlar yuqori darajada tashkil etilayotganini taʼkidladilar. Ochiq va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar muzokaralardan mamnun ekanligini bildirib, hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

YEVROPA ITTIFOQINING MARKAZIY OSIYODA HUQUQ-TARTIBOTNI TAʼMINLASH BO‘YICHA DASTURI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

Jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichida barcha davlatlarda ichki xavfsizlikni taʼminlash, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda hukumatlarning asosiy tayanchi bo‘lgan huquqni muhofaza qilish organlariga katta ahamiyat berilmoqda. Terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik masalalarida fikr almashish maqsadida joriy yilning 23 fevral kuni Milliy gvardiyaning Xalqaro hamkorlik boshqarmasida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo davlatlariga mintaqa mamlakatlarining huquqni muhofaza qilish organlari ko‘nikmalarini mustahkamlashda ko‘maklashish dasturi (“LEICA”) vakillari bilan ishchi uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida ushbu dastur hamda Yevropa delegatsiyasi rahbari Jerom Ribo-Gayar dasturni amalga oshirish doirasida Yevropa tomoni Markaziy Osiyo mamlakatlarida xavfsizlikni ham milliy, ham xalqaro miqyosda kuchaytirish maqsadida mintaqa davlatlarining huquqni muhofaza qilish va xavfsizlik tuzilmalari bilan ularning salohiyatini oshirish borasida amaliy muloqot o‘rnatish niyatida ekanligini taʼkidladi. Shu bilan birga, suhbatdosh mintaqadagi ehtiyojlarni chuqur tahlil qilish asosida texnik yordam ko‘rsatish, shuningdek, tematik mashg‘ulotlar o‘tkazish rejalashtirilganligini qayd etdi. Shuningdek, Yevropa tomoni terrorizmga qarshi kurashning turli jihatlari bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekistonning ilg‘or tajribalarini o‘rganishga qiziqish bildirdi. Do‘stona muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha Markaziy Osiyoda huquq-tartibotni taʼminlashda ushbu dastur doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va yana-da rivojlantirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

XORIJIY HAMKOR BILAN  HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

Milliy gvardiya tomonidan xorijiy sheriklar bilan o‘rnatilgan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlash maqsadida doimiy ravishda turli darajadagi muzokaralar o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning 20 fevral kuni Xalqaro hamkorlik boshqarmasi tomonidan navbatdagi ana shunday tadbir tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor R. Djurayevning Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Timoti Torlot va Harbiy attashe podpolkovnik A.Xaytonlar bilan uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv davomida bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi va Buyuk Britaniya o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va xavfsizlik sohalarida o‘rnatilgan do‘stona aloqalar borasida muzokaralar o‘tkazildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan britaniyalik xorijiy hamkorlar xavfsizlik sohasida o‘rnatilgan ikkitomonlama munosabatlar holati va kelgusi istiqbollari muhokama etildi. Muloqot natijasida Tomonlar jamoat tartibini saqlash, ommaviy tartibsizliklarni oldini olish, terrorizmga qarshi kurash, muhim obyektlarni qo‘riqlash, shuningdek harbiy kadrlarni tayyorlash sohalaridagi kelgusi hamkorlikni ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar.  Uchrashuv do‘stona va samimiy ruhda o‘tdi.

Text to speech