Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

XALQARO HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

​Joriy yilning 5-iyun kuni Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev, AQSh Missisipi shtati Milliy gvardiyasi kumondoni general-mayor B.Djinn boshchiligidagi delegasiyasi va elchixona vakillari bilan uchrashdi. ​Muloqot davomida O‘zbekiston Milliy gvardiyasining AQSh tomoni bilan harbiy hamkorligi, shu jumladan Missisipi shtati Milliy gvardiyasi bilan yo‘lga qo‘yilgan ikki tomonlama aloqalarning hozirgi holati va istiqbollari to‘g‘risida fikr almashilib, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada rivojlantirish borasidagi muhim masalalar muhokama qilingan holda qator takliflar doirasida o‘zaro kelishuvlarga erishildi. Uchrashuv o‘zaro hurmat va ishonch ruhida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi delegatsiyasining Turkiya jandarmeriyasiga tashrifi yakunlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor R. Djurayev boshchiligidagi delegatsiyaning Turkiya davlatiga tashrifi amalga oshirildi. Delegatsiya Turkiya jandarmeriyasining Bosh qo‘mondoni armiya generali Ali Chardakchi tomonidan kutib olindi. Tashrif davomida ikkitomonlama o‘zaro muzokaralar o‘tkazilib, unda, Milliy gvardiyaning Turkiya jandarmeriyasi bilan bugungi kundagi hamkorligi muxokama qilinib 2025 yilga mo‘ljallangan istiqbolli yo‘nalishlar belgilab olindi. Shu bilan birgalikda, tashrif davomida Jandarmeriya Bosh qo‘mondonligi, Jandarmeriya va sohil xavfsizligi Akademiyasi,  Tibbiy-simulyatsion taʼlim Markazi,  Maxsus vazifalarni bajaruvchi brigada hamda Istanbul shahar “112” markazi faoliyatlari bilan yaqindan tanishildi.  

Xitoy Xalq Respublikasi Xalq qurollangan politsiyasi komissari general-polkovnik ChjanXunbinning O‘zbekistonga tashrifi yakunlari to‘g‘risida

Davlatimiz rahbarining barcha sohalarga bo‘lgan yangicha yondashuvi va amalga oshirayotgan islohotlari samarasida Yangi O‘zbekiston jahon hamjamiyatida barqaror va jadal rivojlanayotgan davlat, ishonchli hamkor va ulkan imkoniyatlar mamlakati sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida ham ko‘p qirrali hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Ikkita davlat Rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning o‘zaro hamkorlik kelishuvlari amaliy ijrosi yuzasidan Xitoy Xalq Respublikasi Xalq qurollangan politsiyasi komissari general-polkovnik Chjan Xunbin boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi Xalq qurollangan politsiyasi delegatsiyasi ilk bor joriy yilning 8-10 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Mehmonlar Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev tomonidan Faxriy qorovul ishtirokida tantanali kutib olindi. Shundan so‘ng, ikki tomon o‘rtasidagi o‘zaro muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda harbiy taʼlim sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish, jangovar va maxsus tayyorgarlikni tashkil etish va tajriba almashish, shuningdek, jamoat tartibini saqlash borasidagi masalalar muhokama qilinib, hamkorlikdagi istiqbolli rejalar belgilab olindi. Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish borasida erishilgan kelishuvlar yuzasidan Protokoli imzolandi. Mehmonlar Milliy gvardiya Situatsion markazining moddiy-texnik bazasi va faoliyati hamda Milliy gvardiya muzeyi bilan tanishdi. Tadbir davomida delegatsiya aʼzolari Milliy gvardiya bo‘linmalarida xizmat qilib, o‘z burchini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan safdoshlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yishdi. Shuningdek, anʼanaga ko‘ra daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tashrif dasturiga muvofiq, mehmonlar Toshkent shahri “Qo‘riqlash” boshqarmasi hamda "Temurbeklar Maktabi" harbiy akademik litseyi, Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Axborot xizmati, Bolalar psixologiyasi markazlari, Jamoat xavfsizligi universiteti shuningdek, Samarqand shahrining tarixiy obidalarida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan jamoat tartibini saqlashga qaratilgan Turistik patrul xizmati faoliyati bilan tanishishdi. Mazkur tashrif Xitoy Xalq Respublikasi Xalq qurollangan politsiyasi komissari general-polkovnik Chjan Xunbinning mamlakatimizga ilk tashrifi bo‘lib, bu O‘zbekiston bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlarining mustahkamlanishi, jumladan, huquq-tartibot idoralari, harbiy va boshqa sohalarda ham ko‘p qirrali hamkorlikning yana-da rivojlantirishga keng imkon yaratadi.

Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Von Do Yon bilan Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayevning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 7 oktyabr kuni Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon bilan  Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayevning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.  Milliy gvardiya qo‘mondoni kirish so‘zida, janob Von Do Yon ga Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangani bilan  samimiy tilaklarini bildirib, o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan hamkorlik munosabatlarini yana-da rivojlantirish yo‘lidagi masʼuliyatli ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.   Ushrashuv davomida, davlatlarimiz o‘rtasidagi Mudofaa, Mudofaa sanoati, Xavfsizlik hamda Huquqni muhofaza qilish sohalarida keng qamrovli hamkorlik yulga qo‘yilgani alohida taʼkidlab o‘tildi. Xususan, 2021 yilning 16-19 iyun kunlari Koreya milliy politsiya Agentligi Bosh komissari Kim Chang Yongning  O‘zbekistonga tashrifi davomida, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va Koreya Milliy politsiya agentligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolanib qator kelishuvlarga erishilgani, bundan tashqari uch tomonlama muzokaralar o‘tkazilib, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi va Koreya milliy politsiya Agentligi o‘rtasida amaliy hamkorlik rejasi imzolagani taʼkidlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va Koreya Milliy politsiya Agentligi o‘rtasida jamoat tartibini taʼminlash, muhim obyektlarini qo‘riqlash, kiberxafvsizlik yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan masalalar muxokama qilinib, harbiy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishda tajriba almashinuvi, o‘zaro tanishuv tashriflar, qo‘shma treninglar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etishning ijobiy natijalari qayd etildi. O‘z navbatida, elchi Von Do Yon O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Koreya tomoni bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdagi barcha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Uchrashuv yakunida Koreya milliy politsiya Agentligi bilan ikkitomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha bir qator  kelishuvlarga erishildi. O‘zaro hurmat va ishonch ruhida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida, Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi janob Von Do Yon faxriy mexmonlar kitobida o‘zining samimmiy tilaklarini yozib qoldirdi.  

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligining delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga tashrifi.

Joriy yilning 4-iyun kuni Koreya Respublikasi Mudofaa vazirligi Jinoyatlarni tergov qilish Bosh boshqarmasi qo‘mondoni general Pak Xon Su boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Milliy gvardiya faoliyati bilan tanishuv tashrifi tashkil etildi. Ushbu tashrif davomida delegatsiya a’zolari va Milliy gvardiya Surishtiruvni muvofiqlashtirish, Yuridik ta’minlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmalari hamda Jamoat xavfsizlik universiteti boshliqlari o‘rtasida ishchi uchrashuvlar tashkil etilib, Milliy gvardiya tizimida surishtiruv va tergov faoliyati, shu sohada kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish hamda Koreya Mudofaa vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi o‘rtasida jinoyatlarni oldini olish, fosh etish va tergov qilish sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalarni o‘rnatish masalalari muhokama qilindi. Tashrif dasturiga muvofiq delegatsiya vakillari Milliy gvardiya, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Bolalar psixologiya markazi va O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti faoliyati bilan tanishdilar.

Ozarbayjon ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Ichki qo‘shinlar qo‘mondoni general-leytenant Shahin Mamedovning O‘zbekistonga tashrifi yakunlari to‘g‘risida

Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Ichki qo‘shinlar qo‘mondoni general-leytenant Sh.Mamedov boshchiligidagi Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi ilk bor rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Milliy gvardiya Markaziy devonida Faxriy qorovul bo‘linmasi ishtirokida mehmonlarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi va unda Milliy gvardiya Alohida namunali harbiy orkestri tomonidan ikki davlat madhiyalari ijro etildi. Tadbir davomida delegatsiyasi aʼzolari Milliy gvardiya bo‘linmalarida xizmat qilib, o‘z burchini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan safdoshlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yishdi. Shuningdek, anʼanaga ko‘ra, general-leytenant Sh.Mamedov daraxt ekish marosimida ishtirok etdi. Shundan so‘ng, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi majlislar zalida ikki tomon o‘rtasidagi o‘zaro muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda harbiy taʼlim sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish, jangovar va maxsus tayyorgarlikni tashkil etish va tajriba almashish, shuningdek, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasidagi masalalar muhokama qilinib, hamkorlikdagi istiqbolli rejalar belgilab olindi. Tashrif davomida mehmonlar Toshkent shahridagi “Qo‘riqlash” boshqarmasi faoliyati, Milliy gvardiya Situatsion markazining moddiy-texnik bazasi va faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. So‘ngra mehmonlar Jamoat xavfsizligi universiteti, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Bolalar psixologiyasi markazi hamda Yoshlar innovatsion markazi faoliyati bilan tanishishdi. Shundan so‘ng poytaxtimizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyida ham bo‘lib katta tassurotlar bilan qaytishdi. Mazkur tashrif Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Ichki qo‘shinlar qo‘mondoni general-leytenant Sh.Mamedovning mamlakatimizga ilk tashrifi bo‘lib, bu O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarining mustahkamlanishi, ko‘p qirrali hamkorlik, jumladan, huquq-tartibot idoralari, harbiy va boshqa sohalarda ham hamkorlik kengayib borayotganidan dalolatdir.

Turkiya Jandarmeriyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga amaliy tashrifi

Joriy yilning 12-15 noyabr kunlari Turkiya Respublikasi Jandarmeriyasi Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari general-polkovnik Xuseyn Kurtog‘lu boshchiligidagi Turkiya Jandarmeriyasi delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi tashkil etildi. Eslatib o‘tamiz 2021 yilning noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasiga ilk bor Turkiya respublikasi Jandarmeriyasi Bosh qo‘mondoni armiya-generali Arif Chetinning tashrifi bo‘lib o‘tgan. Tashrif davomida O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va Turkiya Jandarmeriyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va rivojlantirish to‘g‘risida kelishilgan. Mazkur tadbir davomida, O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida bugungi kunda o‘rnatilgan mustahkam strategik sheriklik munosabatlari eʼtirof etilib, harbiy taʼlim sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Turk tomoni so‘ngi yillarda ikki tomonlama hamkorlik doirasida amalga oshirilgan amaliy tadbirlarni yuqori baholab kelgusi hamkorlikni yana-da kengaytirishga tayyorligini bildirdi. O‘tkazilgan muzokaralar natijasida, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va Turkiya Jandarmeriyasi harbiy xizmatchilarining professional malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash masalalari borasida qator kelishuvlarga erishildi. Tashrif dasturiga muvofiq delegatsiya aʼzolarini O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Bolalar psixologiyasi markazi, Axborot xizmati faoliyati, “Temurbeklar” harbiy akademik litseyi va Kavaleriya eskadroniga tashrifi amalga oshirildi. Tashrif o‘zaro hurmat va ishonch ruhida bo‘lib o‘tdi.  Milliy gvardiya Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

XALQARO HAMKORLIKNING AMALIY JIHATLARI

2023 yilning 23 oktyabr kunidan 4 noyabr kunigacha bo‘lgan vaqt davrida “Forish” tog‘ poligoni bazasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikalari Milliy gvardiyalari maxsus vazifalarni bajaruvchi bo‘linmalari o‘rtasida o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarning yakuniy bosqichida Qirg‘iziston Respublikasi Qurolli kuchlar Milliy gvardiyasi qo‘mondoni polkovnik T. Ergeshov ham qatnashdi. Dastur doirasida qo‘mondonlar harbiy va maxsus tayyorlash hamda kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar nazarda tutilgan amaliy hamkorlik Rejasini imzolashdi. Shuningdek, mehmonlar Bolalar psixologiyasi Markaziga, Milliy gvardiya Otliq eskadroni va boshqa obyektlarga tashrif buyurishdi. Tashrif yakunida tomonlar belgilangan rejani amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Uchrashuv o‘zaro ishonch va hamdo‘stlik ruhida o‘tdi. Milliy gvardiya xalqaro hamkorlik boshqarmasi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Missisipi shtati Milliy gvardiyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni general mayor R. Djurayev Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qoʻmondoni general-adyutant Jenson Boyles  boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Tomonlar oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash, harbiy xizmatchilarni tayyorlash va oʻqitish boʻyicha yangi uslublarini ishlab chiqish yuzasidan tajriba almashish borasida muzokaralar oʻtkazdilar.

MDH davlatlari IIV hamda Milliy gvardiyalari Faxriylar kengashlari rahbarlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

18 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashabbusi bilan ilk bora Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarining Milliy gvardiya, Ichki qo‘shinlar hamda huquq-tartibot organlari Faxriylar kengashlari raislari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirning faxriy mehmonlari isteʼfodagi general-leytenant P. Rovenskiy (Rossiya Federatsiyasi), isteʼfodagi general-mayor A. Alimxo‘jayev (Qirg‘iziston Respublikasi), isteʼfodagi polkovnik M. Jantemirov (Qozog‘iston Respublikasi), T. Davlatov (Tojikiston Respublikasi), isteʼfodagi militsiya polkovnigi V. Potapovich (Belarus Respublikasi) bo‘lishdi. Tashrif G‘alaba bog‘idagi tantanali tadbir bilan boshlanib, unda mehmonlar “Matonat madhiyasi” yodgorligiga gulchambar qo‘yishdi, shuningdek "Shon-sharaf muzeyi"ning tarixiy eksponatlari bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida tashkil etilgan konferensiyada hamdo‘st davlatlar faxriylari faxriylar kengashi tashkilotlarining vazifalari, shuningdek shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlarni o‘tkazish, yosh harbiy xizmatchi va xodimlarga harbiy jamoaning bilim va anʼanalarini yetkazish kabi masalalar muhokama qilindi. Bundan tashqari kursantlar ishtirokida uch avlod uchrashuvi samimiy va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida faxriylar Milliy gvardiya, Ichki qo‘shinlar va Ichki ishlar vazirligi saflarida xizmat qilganliklari haqidagi xotiralar bilan o‘rtoqlashib, kursantlar tanlagan kasblarining muhim jihatlari, shuningdek o‘z hayotini harbiy va huquq-tartibot sohasi bilan bog‘lashni istagan inson qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerakligi haqida so‘zlab berishdi. Tashrif dasturi doirasida Milliy gvardiya Markaziy apparatida Faxriylar kengashlari rahbarlari Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev bilan uchrashdilar. Qo‘mondon faxriylarni qutlar ekan, taklifnomalarni qabul qilgani uchun minnatdorlik bildirib, bunday uchrashuvlarni o‘tkazishning dolzarbligiga eʼtibor qaratdi va so‘nggi yillarda hamdo‘st davlatlar idoralari o‘rtasida mustahkam ishonchli munosabatlar rivojlangani, bu esa konstruktiv muloqot va hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirishga xizmat qilayotganini taʼkidladi. Shu bilan birga, xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikning holati va istiqbollari (veb-saytga havola), qo‘shma tadbirlar, o‘quv seminarlar, treninglar va amaliy mashg‘ulotlar haqida maʼlumot berdi. Jangovar va maxsus tayyorgarlik, jamoat xavfsizligi, qo‘riqlash faoliyati va kinologiya, shuningdek, oliy harbiy taʼlim sohasidagi hamkorlikning ijobiy dinamikasi qayd etildi. Suhbat davomida qo‘mondon Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlarining bo‘lajak harbiy xizmatchilari va xodimlarini harbiy vatanparvarlik va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash muhimligini taʼkidladi. To‘plangan tajribani yosh avlodga yetkazish, vatanparvarlikni mustahkamlash va yangi avlod ofitser va askarlarini tarbiyalashga katta hissa qo‘shgan faxriylar harakatining roliga alohida eʼtibor qaratildi. Tashrif dasturiga ko‘ra mehmonlar "Temurbeklar Maktabi" harbiy akademik litseyi, Milliy gvardiya va Toshkent shahar qo‘riqlash boshqarmasi muzeylari, Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Axborot xizmati va Bolalar psixologiyasi markazida ham bo‘lishdi. Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini sifatli o‘zgartirish, shaxsiy tarkibni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonini takomillashtirish hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar ko‘lami mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.   MG Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDAGI IJODIY UCHRASHUV

Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi harbiy apparati bilan hamkorlik doirasidagi navbatdagi ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Unda Buyuk Britaniya Uels malikasi Qirollik polk orkestri harbiy dirijyori podpolkovnik Ueyn Xopla boshchiligidagi ijodiy jamoa, Milliy gvardiya harbiy musiqa tuzilmalari bilan birgalikdagi konsert dasturini o‘tkazdi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni R. Djurayev, O‘zbekistondagi Buyuk Britaniya elchixonasi harbiy attashesi podpolkovnik Alan Xayton hamda Britaniya armiyasining musiqiy orkestr boshqarmasi boshlig‘i Melani Krouford, shuningdek hamkor vazirliklarning sohaga oid masʼul vakillari ishtirok etishdi. Harbiy dirijyorlar mayor R. Asfandiyarov va podpolkovnik U. Xoplalar boshchiligidagi Alohida harbiy namunali-ko‘rgazmali orkestri harbiy yurishlar va boshqa musiqiy kompozitsiyalar mavzusidagi improvizatsiyalarni ijro etdi. Ushbu madaniy tadbirda, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari, Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi va Milliy gvardiyaning "Temurbeklar maktabi" Toshkent harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari, poytaxtimizdagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi. Orkestrlarning ijodiy uchrashuvi tomonlarga tantanali tadbirlarni o‘tkazishda amaliy tajriba almashish va o‘zaro istiqbolli munosabatlarni yana-da mustahkamlash imkonini berdi.

Qozog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan hamkasblar bilan tizimli amaliy hamkorlik

Harbiy hamkorlik rejasi doirasida 29-31 may kunlari Qozog‘iston Respublikasi Milliy gvardiyasi Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, general-mayor J.Omarqulov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘ldilar. Delegatsiya aʼzolarini Milliy gvardiya Markaziy devonida Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R. Djurayev qabul qildi. Tomonlar bir-birini qutlab, xizmat va jangovar faoliyatning barcha sohalarida, shuningdek, moddiy-texnik taʼminot sohasida ham amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent mintaqaviy o‘quv markazi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Bolalar psixologiyasi markazi, Axborot xizmati binosi hamda “Qo‘riqlash” Bosh boshqarmasining bo‘linmalarida bo‘lishdi. Mehmonlar tomonidan obyektlarda yaratilgan sharoitlar, infratuzilma va moddiy-texnik jihozlar darajasi yuqori baholandi. Shu bilan birga, kadrlarni tayyorlash, obyektlarni muhofaza qilish va moddiy-texnika taʼminoti sohasida o‘zaro tajriba almashish hamda hamkorlikni mustahkamlashga oid qator masalalar muhokama qilindi. Tashrif o‘zaro hurmat va konstruktiv muloqot ruhida bo‘lib o‘tdi.

Text to speech