Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

BUYUK BRITANIYA QUROLLI KUCHLARI DAVLAT VAZIRI BILAN UCHRASHUV

Joriy  yilning 21 sentyabr' kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qurolli kuchlari vaziri Jeyms Hippi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga tashrif buyurdi. Delegasiyani Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik M. G`aniev qabul qildi. Bu uchrashuvda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi janob Tim Torlot ham ishtirok etdi. Uchrashuvda  tomonlar hukumatlar o‘rtasida o‘rnatilgan ishonchli muloqot O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi ko‘p tomonlama strategik hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga hissa qo‘shishini ta'kidlab, hamkorlikning muhimligi alohida qayd etildi. Suhbat davomida ikki tomonlama harbiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinib, Britaniya vakili O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi. Do‘stona muhitda o‘tgan uchrashuv doirasida oliy martabali mehmon Milliy gvardiyaning “faxriy mehmonlar kitobi”ga ezgu tilaklarini yozib qoldirdi.

QO‘L JANGI MAHORATINI TAKOMILLASHTIRISh BORASIDA XALQARO HAMKORLIK

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi tomonidan harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi va o‘z-o‘zini himoya qilish ko‘nikmalarini takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu nuqtai nazardan, xalqaro tajriba asosida, xorijlik hamkorlar bilan birgalikda  Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining maxsus va jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda. Xususan, joriy yilning 13 - 20 sentyabr'  kunlari Toshkent shahrida Belarus' Respublikasi PTK Batikan sport klubi vakillari ishtirokida Filippin amaliy jangovar tizimining "Pekiti Tirsiya Kali" turini o‘rganish bo‘yicha sport tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida o‘quv-seminar tashkil etilib, ushbu jangovar tizimning asosiy metodlari hamda mazkur yo‘nalishdagi o‘quvlarning ilg‘or usullarini o‘rganish va qo‘llash bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi. O‘quv-seminar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general-mayor R.Djuraev "PTK Vatikan" sport klubi vakillari bilan uchrashdi va "Pekiti Tirsiya Kali"Jahon tashkiloti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv an'anaviy tarzda, iliq va do‘stona muhitda bo‘lib o‘tdi.

ROSSIYA FEDERATSIYASI BILAN HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA MUSTAHKAMLASH

Joriy yilning 6 - 9 sentyabr kunlari ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik V. Sushchik boshchiligidagi Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiya qo‘shinlari federal xizmati mutaxassislari guruhi O‘zbekistonga tashrif buyurdi.Tashrif davomida Rossiya delegasiyasi Milliy gvardiya hududiy bo‘linmalari, shuningdek, ta'lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi.Tashrif chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general mayor R. Djuraev Rosgvardiya vakillari bilan uchrashib, unda ikki tomonlama hamkorlik holati hamda o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.Rossiya tomon milliy gvardiya bo‘linmalari va ta'lim muassasalarining mavjud infratuzilmasi, shuningdek, qo‘shinlarning jangovar va maxsus tayyorgarligini tashkil etish yondashuvlari va ta'lim jarayoni bilan tanishib, yuqori baho berdi.An'anaviy do‘stona va iliq ruhda o‘tgan tashrif yakunida ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirish va yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

HARBIY-TEXNIK HAMKORLIKNI XALQARO DARAJADA TAKOMILLASHTIRISH

Joriy yilning 17 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor R. Djurayev rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy harbiy kengashining qurol, harbiy texnika va texnologiyalarni rivojlantirish Bosh boshqarmasi qurol, harbiy texnikava texnologiyalar bo‘yicha hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Fan Szyanszyu bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi harbiy attashesi polkovnik Otabek Shamsiyev, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Mudofaa sanoati davlat qumitasining vakillari, Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi harbiy attashesi katta polkovnik Du Xunde va Xitoy delegatsiyasi aʼzolari ishtirok etdilar. Suhbat chog‘ida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik keng ko‘lamdagi o‘zaro aloqalarni qamrab olgani, do‘stona va o‘zaro manfaatli ekanini taʼkidladilar. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Xitoy Xalq qurollangan militsiyasi o‘rtasida harbiy va harbiy-texnik sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning bugungi holativa istiqbollari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida bir qator qo‘shma amaliy tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi, jumladan tajriba almashish bo‘yicha treninglar, qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari va hk. Uchrashuv o‘zaro do‘stona muloqot muhitida bo‘lib o‘tdi.

TAʼLIM SOHASIDA TURKIYA RESPUBLIKASI BILAN OʻZARO HAMKORLIKNI MUSTAHKAMLASH

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Turkiya jandarmeriyasi bilan oʻzaro hamkorlikning turli yoʻnalishlari, jumladan, taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash borasida izchil ishlar olib bormoqda.Erishilgan kelishuvlarga muvofiq, joriy yilning 8-17 avgust kuniga qadar Turkiya Respublikasida Milliy gvardiya qoʻmondonligi boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti delegatsiyasining javob tashrifi boʻlib oʻtmoqda.Tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik S.Mamayusupov Turkiya Jandarmeriyasi Bosh qoʻmondoni armiya generali Arif Chetin hamda Turkiya Respublikasi IIV Jandarmeriya va Sohil xavfsizligi Akademiyasi boshligʻi general-mayor Murat Bulut bilan uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlikning holati yuzasidan fikr almashildi, shuningdek kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi.Uchrashuvlar natijasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va Turkiya Respublikasi IIV Jandarmeriya va Sohil xavfsizligi Akademiyalari oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi, bu esa oʻz navbatida taʼlim muassasalari oʻrtasidagi ilmiy va oʻquv hamkorlikni yanada mustahkamlashga, hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminar va treninglar oʻtkazishga xizmat qiladi.Tashrif dasturiga koʻra delegatsiya Turkiya Respublikasi IIV Jandarmeriya va Sohil xavfsizligi Akademiyasi faoliyati, kriminologiya, jangovar, maxsus, muhandislik va saper hamda oʻquv jarayonining boshqa yoʻnalishlari bilan tanishdi.Tashrif anʼanaviy tarzda iliq va doʻstona muhitda boʻlib oʻtmoqda.

MILLIY GVARDIYA QO‘MONDONI TURKIYA IIV JANDARMERIYA VA SOHIL XAVFSIZLIGI AKADEMIYASI BOSHLIG‘I BILAN UCHRASHDI

Milliy gvardiya va Turkiya Jandarmeriyasi hamkorligi doirasida joriy yil 26 iyul – 2 avgust kunlari Turkiya Respublikasi IIV Jandarmeriya va Sohil xavfsizligi Akademiyasi boshlig‘i general-mayor Murat Bulut boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turibdi. Tashrif dasturiga muvofiq, turk delegatsiyasi aʼzolari O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va Milliy gvardiya ixtisoslashtirilgan o‘quv markazining faoliyati va taʼlim jarayoni, shuningdek infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar. 27 iyul kuni esa O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev hamda general-mayor Murat Bulutlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar, shuningdek, taʼlim va harbiy kadrlarni tayyorlash sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhimligini taʼkidladilar. Turkiya tomoni Milliy gvardiya taʼlim muassasalarining mavjud salohiyatiga yuqori baho berib, taʼlim, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish sohalarida o‘zaro tajriba almashishga tayyorligini bildirdi. Uchrashuv yakunida Milliy gvardiya va Turkiya Jandarmeriyasi taʼlim muassasalari o‘rtasida yaqin va samarali muloqotni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

HAMKORLIKNING ZAMONAVIY SHAKLI

Joriy yilning 22 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev va Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ichki qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor N.Karpenkov o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Suhbat jarayonida o‘zaro hamkorlikning istiqbolli barcha faoliyat yo‘nalishlari, jumladan, taʼlim va kadrlarni tayyorlash sohasida tajriba almashish ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni belarussiyalik hamkasblariga o‘zbek o‘g‘lonlarining 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi davrida ko‘rsatgan qahramonliklari haqidagi arxiv hujjatlarini yuborganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi. Uchrashuv anʼanaviy tarzda iliq va do‘stona ruhda o‘tdi.

O‘ZBEK-BRITANIYA HAMKORLIGINING HARBIY SOHADAGI YANGI BOSQICHI

Joriy yil 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: Mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Janubiy Osiyo va Hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha davlat vaziri Lord Ahmad Uimbldon rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida, oldindan erishilgan kelishuvlarga muvofiq, oliy martabali mehmonning O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayev bilan uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasidagi doimiy muloqot tufayli harbiy, harbiy-texnikaviy va huquqni muhofaza qilish sohalaridagi hamkorlikning yuqori darajasiga erishilganligi, bu o‘z navbatida, xavfsizlik yo‘nalishidagi aloqalarni yana-da mustahkamlash imkonini berayotganligi taʼkidlandi. Shu bilan birga, ikki tomonlama do‘stona aloqalarning holati to‘g‘risida fikr almashilib, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Mudofaa vazirligi o‘rtasida 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik rejasi imzolandi. Iliq va do‘stona muhitda o‘tkazilgan uchrashuv so‘ngida yuqori martabali mehmon O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining faxriy mehmonlari kitobida samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayev boshchiligidagi delegatsiya birodar Qozog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayev boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turibdi.Tashrifning birinchi kuni Qozog‘iston Respublikasi Milliy gvardiyasi bosh qo‘mondoni, general-leytenant R.Jaksilikov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Ikki idora rahbarlari suhbati chog‘ida jamoat xavfsizligi va tartibini saqlash, qo‘riqlash faoliyatini tashkil etish hamda harbiy kadrlarni tayyorlashda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Tashrif dasturi doirasida O‘zbeksiton delegatsiyasi aʼzolari Qozog‘iston Respublikasi Milliy gvardiyasi faoliyati va tarkibiy tuzilmalari bilan yaqindan tanishdi hamda Qo‘shinlarni boshqarish markazi va Mudofaa milliy universitetida bo‘lishdi.Tashrifning muhim voqealaridan biri Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant E.Turgumbayev bilan uchrashuv bo‘ldi. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolandi.Imzolash marosimida tomonlar ushbu Bitimning imzolanishi ikkitomonlama hamkorlikni yana-da yuqori darajaga olib chiqishini taʼkidladilar.O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi delegatsiyasining tashrifi anʼanaviy tarzda iliq va do‘stona muhitda o‘tmoqda.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI QO‘MONDONINING ROSGVARDIYA DIREKTORI BILAN VIDEOKONFERENSALOQA ORQALI UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

O‘rnatilgan hamkorlik doirasida amaliy aloqalarning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish maqsadida, joriy yilning 25 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondoni general-mayor R.M. Djurayev va Rossiya Federatsiyasi milliy gvardiya qo‘shinlari Federal xizmati Direktori - Rossiya Federatsiyasi milliy gvardiya qo‘shinlari bosh qo‘mondoni armiya generali V.V. Zolotov o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.  Uchrashuvda idora boshliqlari jamoat xavfsizligi, qo‘riqlash faoliyati, harbiy kadrlar tayyorlash, kinologiya xizmati sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. Bundan tashqari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Muqaddam Rosgvardiyadagi hamkasblar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi G‘alaba bog‘ida joylashgan Shon-sharaf muzeyi Milliy gvardiya burchagini Ikkinchi Jahon urushi davridagi tarixiy materiallar bilan to‘ldirish masalasida muzokaralar o‘tkazilgan edi. Suhbat davomida, armiya generali V.V. Zolotov 22 iyun - Ikkinchi Jahon urushi boshlanganining sakson yilligi kuni munosabati bilan Rosgvardiya Markaziy muzeyi fondidan 1941-1945 yillarda O‘zbekiston sobiq Sovet respublikalari hududida shakllantirilgan Sobiq Ittifoq “NKVD” qo‘shinlari va bo‘linmalari faoliyatiga bag‘ishlangan fotosuratlar, videofilmlar, tarixiy maʼlumotlar va harbiy insholarni Shon-sharaf muzeyining Milliy gvardiya burchagi uchun taqdim etganligini maʼlum qildi. Ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadida videokonferensaloqa yakunida yaqin kelajakda bir qator aksilterror mashg‘ulotlarini, tajriba almashinuv tashriflarini tashkil etish, shuningdek, hamkorlikdagi sport tadbirlarida harbiy xizmatchilarning ishtirokini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.      

KOREYa RESPUBLIKASI BILAN XALQARO HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA

O‘zaro erishilgan kelishuvga muvofiq, joriy yilning 16-20 iyun kunlari Koreya Respublikasi Milliy politsiya agentligining Bosh komissari Kim Chang Yong boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turibdi. Mazkur tashrif davomida yuqori martabali mehmon va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor R. Djurayevlar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro ishonchga asoslangan do‘stona muloqot o‘rnatilganligi, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanayotganligi hamda ko‘p qirrali hamkorlik kengayib borayotgani taʼkidlandi. Muzokaralar davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikning hozirgi holati to‘g‘risida fikr almashdilar, shuningdek, xavfsizlik va kadrlar tayyorlash sohalarida o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Shu kunning o‘zida Milliy gvardiya va Koreya Milliy politsiya agentligi, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik hujjatlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Xususan, xavfsizlik va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Koreya Respublikasi Milliy politsiya agentligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va Koreya milliy politsiya universiteti o‘rtasida Anglashuv memorandumlari imzolandi. Tadbir yakunida idoralar rahbarlari ishtirokida brifing o‘tkazilib, unda idoralararo hamkorlikni rivojlantirishning muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi. Shu bilan birga, tashrif dasturi doirasida Koreya delegatsiyasi Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi va O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar taʼlim muassasalarining infratuzilmasi, o‘quv faoliyati, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va harbiy tuzilmalar uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi bilan yaqindan tanishdilar.  

IKKI QARDOSH XALQ O‘RTASIDAGI O‘ZARO MANFAATLI HAMKORLIK YANADA KENGAYMOQDA

Joriy yilning 11 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondoni general-mayor R. Djurayev va Turkiya Jandarmeriyasi Bosh qo‘mondoni armiya generali Arif Chetin o‘rtasida onlayn videomuloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tili, dini, madaniy qadriyatlari bir biriga juda yaqin bo‘lgan davlatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stona aloqalar hozirgi vaqtda strategik sherikchilik munosabatlari darajasida rivojlanib borayotganligi taʼkidlab o‘tildi. Tadbir davomida Milliy gvardiya va Turkiya Jandarmeriyasi o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini takomillashtirish, o‘zaro tajriba almashinuv tadbirlarini tashkil etish, kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarida fikr almashildi. Samimiy do‘stona muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Text to speech