Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Xalqaro hamkorlik

Bugun, 30 may kuni Milliy gvardiya Markaziy devonida qo‘mondon general-mayor R.Djurayevning Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi D.Xenik bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida qo‘mondon AQSHning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi rahbarini O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining asosiy vazifa va funksiyalari bilan tanishtirdi. O‘z navbatida, elchi D.Xenik ham ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda amerika tomon O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining barcha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Missisipi Milliy gvardiyasi o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinib, o‘zaro tashriflar, qo‘shma treninglar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etishning ijobiy dinamikasi qayd etildi. Uchrashuv yakunida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek, professional kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Tadbir o‘zaro hurmat va ishonch ruhida bo‘lib o‘tdi. Milliy gvardiya Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

KELISHUVLARNI AMALGA OSHIRISHDA XALQARO HAMKORLIK REJALARI

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Xalqaro qizil Xoch qoʻmitasining (XQXQ) Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi oʻrtasida 2023 yilga moʻljallangan ikki tomonlama hamkorlik rejasi doirasida joriy yilning 23-24 mart kunlari “Huquq-tartibot faoliyatining xalqaro standartlari” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi. Mazkur seminarda delegatsiya rahbari oʻrinbosari J.Barbaris, XQXQning huquqni muhofaza qilish organlari bilan ishlash boʻyicha vakili K. Makdonald, huquqni muhofaza qilish organlari bilan ishlash dasturi maslahatchisi T.Tinaliyev va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari ishtirok etdi. Mashgʻulotlar davomida huquqni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro standartlar, xalqaro huquq, shu bilan bir qatorda, turli sharoitlarda kuch va oʻqotar qurollardan foydalanish usullari muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan zamonaviy voqelik sharoitida, shuningdek, nizoli vaziyatlarda huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati yuzasidagi masalalar koʻrib chiqildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar xalqaro sertifikatlarga ega boʻlishdi.   Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Saudiya Arabistoni Podshohligi Milliy gvardiyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xalqaro hamkorligi doirasida joriy yilning 21 mart kuni Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R. Djurayevning Saudiya Arabiston Podshohligi Milliy gvardiyasi Harbiy tashkiloti rahbari general-mayor Muxammad bin Zayid al-Qahtani janobi oliylari bilan onlayn videomuloqoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyeyovning 2022 yilning avgust oyida Saudiya Arabistoni Podshohligiga amalga oshirilgan Davlat tashrifi davomida davlatlarimiz o‘rtasida do‘stona aloqalarni barcha sohalarda kengaytirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar doirasida tashkil etildi. Videomuloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasidagi do‘stona aloqalar kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilib, ikki davlat Milliy gvardiyalari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni o‘rnatilishi mamlakatlarimiz o‘rtasida xavfsizlik sohasidagi o‘zaro munosabatlarni yana-da kengayishiga xizmat qilishi taʼkidlandi. Do‘stona va konstruktiv muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yakunida ikki davlat Milliy gvardiyalari o‘rtasida jamoat tartibini saqlash, muhim obyektlarni qo‘riqlash hamda kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish sohalarida o‘zaro tajriba almashish tashriflari, amaliy treninglar va seminarlar tashkil etish, taʼlim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqishga kelishib olindi.   Milliy gvardiya Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDAGI IJODIY UCHRASHUV

Harbiy hamkorlik doirasida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi harbiy apparati bilan hamkorlikda Buyuk Britaniya Uels malikasi Qirollik polk orkestri harbiy dirijyori podpolkovnik Ueyn Xopla ishtirokida Milliy gvardiya harbiy musiqa tuzilmalari jamoasi uchun ijodiy mahorat darsi tashkil etildi. Tadbir yangi ochilgan Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida bo‘lib o‘tdi. Harbiy dirijyorlar mayor R. Asfandiyarov va podpolkovnik U. Xoplalar boshchiligidagi Alohida harbiy namunali-ko‘rgazmali orkestri harbiy yurishlar va boshqa musiqiy kompozitsiyalar mavzusidagi improvizatsiyalarni ijro etdi. Ushbu madaniy tadbirda Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi va Milliy gvardiyaning "Temurbeklar maktabi" Toshkent harbiy-akademik litseyi talabalari ishtirok etdi. Orkestrlarning ijodiy uchrashuvi tomonlarga keyingi o‘zaro munosabatlar istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, tantanali tadbirlarni o‘tkazishda amaliy tajriba almashish imkonini berdi. Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Alohida harbiy namunali-koʻrgazmali harbiy orkestri jamoasi hamda Buyuk Britaniya Qirollik polki Uels malikasi orkestrining bosh dirijyori podpolkovnik Wayne Hopla hamkorligida "Ohanglar sadosi" nomli konsert dasturi oʻtkazildi.

JANGOVAR VA JISMONIY TAYORGARLIK SOXASIDA XALQARO HAMKORLIK

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashabbusi bilan joriy yilning 6-14 fevral kunlari Pekiti-Tirsiya Kali Filippin jangovar tizimi bo‘yicha, mazkur jangovar tizim Federatsiyasi raisi Rommel Tortal hamda Belarus Respublikasining “PTK Batikan” sport klubining yo‘riqchilari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi. Amaliy seminar-treningda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari hamda boshqa kuchishlatar tuzilmalar vakillari ishtirok etib, qo‘l jangi, o‘zini himoya qilish usullari hamda filippin jangovar tizimining taktik harakatlarini o‘rganishdi. Shuningdek, trening doirasida Milliy gvardiya Qo‘mondoni R. Djurayevni federatsiya raisi Romel Tortal hamda “PTK Batikan” sport klubi vakillari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv davomida Pekiti-Tirsiya Kali jangovar tizim bo‘yicha Milliy gvardiya mutaxassislarini tayorlash masalalari keng muhokama etildi. Tadbir yakunlari bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi hisoblangan PTK xalqaro federatsiyasining vakolatxonasini O‘zbekistonda ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.    Milliy gvardiya Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Doʻstona hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Milliy gvardiyaning Qozogʻiston tomoni bilan hamkorligi doirasida joriy yilning 2 fevral kuni Qozogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari – Milliy gvardiya Bosh qoʻmondoni general-mayor Botakanov Yerkin Sovetbekovich boshchiligidagi delegatsiyaning yurtimizga tashrifi boʻlib oʻtdi. Tashrif dasturiga muvofiq general-mayor Y.Botakanov boshchiligidagi Qozogʻiston delegatsiyasi Milliy gvardiya markaziy devonida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni general-mayor R.Djurayev tomonidan tantanali kutib olindi.Milliy gvardiya boshqarmalari rahbarlari, shuningdek onlayn formatda qatnashgan hududiy boshqarma boshliqlari va harbiy taʼlim muassasalari vakillari ishtirokidagi ikki tomonlama muzokaralar yakunida Oʻzbekiston va Qozogʻiston Milliy gvardiyalari oʻrtasida 2023 yilga moʻljallangan hamkorlik rejasi imzolandi. Tashrif davomida Qozogʻiston delegatsiyasi Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Bolalar psixologiyasi markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ishchan va doʻstona muloqot ruhida oʻtgan tashrif davomida oʻzaro manfaatli ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha bir qator kelishuvlarga erishildi.   Milliy gvardiyaXalqaro hamkorlik boshqarmasi

Kiberxavfsizlik sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

  Milliy gvardiyaning Isroil Politsiyasi bilan hamkorligi doirasida joriy yilning 11 yanvar kuni kibexavfsizlik sohasida ikki idoraning mutaxassislari o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 27-29 noyabr kunlari Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev boshchiligidagi delegatsiyaning Tel-Aviv shahriga tashrifi davomida Isroil Politsiyasi Bosh inspektori general Ya.Shabtay bilan uchrashuvi o‘tkazilib, uning yakunlari bo‘yicha xavfsizlik sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. Onlayn muloqotni O‘zbekiston Respublikasining Isroil davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi F.Maxmudova kirish so‘zi bilan ochib, ushbu tadbir ikki davlatning huquq-tartibot va xavfsizlik sohasidagi kengayib borayotgan do‘stona hamkorligi doirasida tashkil etilganligini taʼkidlab o‘tdi. Uchrashuvda Milliy gvardiya, Jamoat xavfsizligi universiteti, Ichki ishlar vazirligi hamda Isroil Politsiyasining axborot xavfsizligi uchun masʼul bo‘linmalari mutaxassislari kiberxavfsizlik sohasida ikki tomonlama hamkorlikni o‘rnatish istiqbollarini muhokama qilishdi. Do‘stona va ishchan muloqot ruhida o‘tgan tadbir yakunida kiberxavfsizlikni taʼminlashda o‘zaro tajriba almashish, shuningdek axborot xavfsizligi sohasida kadrlarni tayyorlashda hamkorlik qilish masalalarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.   Milliy gvardiya Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

OBYEKTLARNI HIMOYA QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH XALQARO HAMKORLIK NUQTAI NAZARIDA.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi tomonidan obyektlarni kiberhujumlardan himoya qilish tizimini takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu nuqtai nazardan, xalqaro tajriba asosida xorijiy hamkorlar bilan birgalikda qo‘riqlanadigan obyektlarni terroristik hujumlardan himoya qilish sohasi bo‘yicha tajriba almashishga qaratilgan tadbirlar muntazam o‘tkazilmoqda. Joriy yilning 16-18 noyabr kunlari Toshkentda YEXHT vakillari, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Mo‘g‘uliston ekspertlari ishtirokida muhim obyektlarni teraktlardan himoya qilish bo‘yicha mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida obektlarni muhofaza qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar, shuningdek, bu boradagi ilg‘or usullarni o‘rganish va qo‘llash bo‘yicha o‘quv-seminari tashkil etildi. Mazkur seminar anʼanaviy va do‘stona muhitda bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Qirg‘iziston Respublikasiga tashrifi

Qirg‘iziston Respublikasi Qurolli kuchlari Milliy gvardiyasi bilan ikki tomonlama hamkorlik doirasida general-mayor R. Djurayev boshchiligidagi delegatsiyaning Qirg‘iziston Respublikasiga javob tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrif chog‘ida Qirg‘iziston Respublikasi QK Milliy gvardiyasi Qo‘mondoni polkovnik T.T.Ergashov bilan uchrashuv bo‘lib unda tartibni saqlash va xavfsizlik borasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha savollar muhokama qilindi, shuningdek, 2023 yil uchun amaliy hamkorlik Rejasi imzolandi.  Bundan tashqari, delegatsiya aʼzolari Qirg‘iziston Respublikasi QK Milliy gvardiyasi boshqarmalari vazifa va funksiyalari bilan ham yaqindan tanishdilar. Tashrif yakunlariga ko‘ra oliy harbiy taʼlim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda kadrlar tayyorlash, hamkorlikda o‘quv, seminar va treninglar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Tashrif o‘zaro hurmat va ishonch ruhida o‘tdi. Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Milliy gvardiya qo‘mondonining AQSH Kongressi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

23 avgust kuni Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R. Djurayevning  kongressmen Trent Kelli va Darin Laxudlar  boshchiligidagi AQSH Kongressi Vakillar palatasi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida O‘zbekiston Milliy gvardiyasining AQSH tomoni bilan harbiy hamkorligi, shu jumladan AQSH Missisipi shtati Milliy gvardiyasi bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Eslatib o‘tamiz, shu yil mart oyida AQSHning Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor J.Boylzni O‘zbekistonga tashrifi davomida, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. O‘zaro manfaatli hamkorlik doirasida shu kunga qadar bir qator o‘quvlar va amaliy treninglar muvaffaqiyatli o‘tkazilganligi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari AQSH mutaxassislari ishtirokidagi o‘quv kurslari va seminarlarda malakalarini oshirganligi taʼkidlab o‘tildi. Uchrashuv davomida, jamoat tartibini saqlash, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlarni oldini olish, harbiy kadrlarni tayyorlash sohalarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Tadbir do‘stona va ishchan muloqot ruhida o‘tdi.    Milliy gvardiya Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

BELARUS RESPUBLIKASI IIV DELEGATSIYASI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI FAOLIYATI BILAN TANISHDI

Belarus Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Dmitriy Korzyuk boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Tashrif doirasida Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari – Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Maʼmirjon Ganiyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlovchi tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga innovatsion va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish sohasida ikki tomonlama idoralararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tashrif dasturi doirasida Belarus delegatsiya aʼzolari Jamoat xavfsizligi universiteti va Milliy gvardiyaning boshqa obektlarida bo‘ldi. Tashrif anʼanaviy do‘stona ruhda, o‘zaro ishonch va hurmat ruhida bo‘lib o‘tdi. Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Text to speech